16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:08
Qishloq xoʻjaligi 👁 381

TUMANIMIZ BUGʻDOYZOPLAPIDA MOʻL PIZQ-POʻZIMIZ YaPATILMOQDA

TUMANIMIZ BUGʻDOYZOPLAPIDA MOʻL PIZQ-POʻZIMIZ YaPATILMOQDA

Bugʻdoy rizq-roʻzimiz, dasturxonimizning, turmushimizning toʻkinligini koʻrsatib turuvchi aziz neʼmat. Keksa onaxonlarimiz bugʻdoy mashaqqatli, halol mehnatlar evaziga yetishtirilgani uchun ham nondan  xushtaʼm, toʻyimli neʼmat yoʻq, deya uqtirishadi.
Ha, dehqonchilik – zahmatli boʻlishiga qaramasdan sohadagi koʻpgina tadbirlar bugungi kunda texnikalar zimmasiga yuklanganligi sababli moʻl hosil olishga imkon yaratildi.

2019-yilda bugʻdoyzorlarda tuman boʻyicha oʻrtacha 30 tsentnerdan hosil yigʻishtirib olinishiga erishilgan edi. Oʻtgan yilning kuzida ham 2020-yil hosili uchun 3300 gektar yerga bugʻdoy ekilib, toʻliq nihol olindi. Koʻp yillik tajribalariga suyangan tumanimiz dehqonlari joriy yilda ham gʻallazorlardan moʻl-koʻl hosil yetishtirishga astoydil intilmoqdalar.

Bogʻ mahallasida faoliyat yuritayotgan “Qadamboy Poʻlat” fermer xoʻjaligining 71 gektarga yaqin ekin maydoni bor. Oʻtgan yilda shuning 40 gektariga paxta, 7 gektariga bugʻdoy va turli sabzavot, poliz ekinlari ekilib, moʻl hosil yetishtirilgan edi. Kuz faslida yana 2020-yil hosili uchun 7 gektar maydonga bugʻdoy ekildi va bir tekis nihol olishga erishildi.

Ayni kunlarda mazkur bugʻdoyzorlarda nihollar durkun oʻsib rivojlanmoqda. Barcha bugʻdoy dalalari mahalliy va mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirilib, sugʻorilmoqda.

Shuni aytish kerakki, har yili barcha ekinlardan moʻl hosil yetishtirilayotgani xoʻjalik moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishiga  asos boʻldi. Olingan daromadlar hisobiga yerlarni surish, ekin ekish va parvarishlashda ishlatiladigan texnikalar xarid qilinib, samarali foydalanilmoqda. Kuz-qish mavsumida mavjud texnikalar kuchi bilan bugʻdoyzorlarga mahalliy oʻgʻitlar sochilib, nihollarning yaxshi rivojlanishiga zamin yaratildi.

Xoʻjalik raisi Mansur Tojimov ish yurituvchi Obod Xudanovlar hozirgi kunda bugʻdoyzorlarning sifatli sugʻorilishini tinimsiz nazorat qilmoqdalar. Chunki dehqonchilikda har bir tadbirning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ekindan koʻzlangan hosilni yetishtirishda muhim ahamiyatga ega.

Maʼlumki, joriy yil boshida tumanimizda gʻallachilik klasteri tuzilib, faoliyatini boshlagan edi. Endilikda gʻallachilik klasteri oʻrnatilgan  tartibga koʻra, 2020-yil hosilidan boshlab, boshoqli donni fermer xoʻjaliklaridan shartnoma boʻyicha xarid qiladi va qayta ishlab, tumanimiz aholisiga, barcha isteʼmolchilarga tayyor mahsulot, yaʼni un qilib sotadi. Tabiiyki, bu gʻalla yetishtiruvchilar daromadi yuqori boʻlishini taʼminlaydi.

Mamlakatimiz aholisining koʻpchilik qismi asosan qishloq xoʻjaligi yumushlari bilan band boʻlib, shu orqali oilasi uchun daromad topadi. Ayni paytda qishloq xoʻjaligiga  joriy etilayotgan mazkur islohotlar ekin maydonlaridan yanada samarali foydalanib, hosildorlikni oshirishga va pirovardida sohada band  boʻlgan aholining daromadlari yuqori, turmushi farovon boʻlishiga erishishga qaratilmoqda.

O.PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019