16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:35
Jamiyat 👁 2,729

TINChLIK UChUN KURAShIB, ORZUSIGA YeTGANLAR

TINChLIK UChUN KURAShIB, ORZUSIGA YeTGANLAR

Bugungi kunda xalqaro vaziyatning shiddat bilan oʻzgarishi, davlatlararo ziddiyatlarning kuchayishi, yer yuzining turli mintaqalarida yangi nizo oʻchoqlarining paydo boʻlishi jahonning tinchliksevar xalqlarini, shu jumladan, oʻzbekistonliklarni ham tashvishga solmoqda.

Yurtboshimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyat kontseptsiyasi va shu asosda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni mintaqamizda tinchlik, barqarorlikni saqlash va mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda.

Yurtimizda tinchlik, osoyishtalik koʻz qorachigʻiday avaylanishi bejiz emas. Chunki urush – vayronagarchilik, azob-uqubat, bevaqt oʻlim, ayriliq. Xalqimizning ikkinchi jahon urushi, afgʻon urushi tufayli chekkan zahmatlari, alamlari hali unutilgani yoʻq. Otasi, ukasi, turmush oʻrtogʻining dogʻida kuyib yashayotganlar hali oramizda bor. Urushdan yarimjon boʻlib kelib, umr boʻyi azoblarini koʻtarib yashayotganlar ham bor. Ularning suhbatiga quloq tutsangiz, tinchlikning bebaholigiga yana bir bor amin boʻlasiz, sergak tortasiz.

Tumanimizning "Xolimbeg” ovulida 1923-yilda tugʻilgan Rajab Eshmonov 18 yoshida harbiy xizmatga chaqirildi. Sobiq "Mangʻit” tumanidan harbiy xizmatga chaqiriluvchilar 7 kun mobaynida aravada yoʻl yurishib, Chorjoʻyga yetib borishdi va poyezdda ikkinchi jahon urushiga joʻnatildi. 3 oy tayyorgarlik mashqlaridan soʻng jangga kirdilar.

Rajab Eshmonov Smolenskni nemislardan ozod qilishdagi qirgʻinbarot janglarda qatnashdi. 1942-yilning dekabrida ogʻir yaralanib, qariyb bir yil Ivanovo shahrida joylashgan harbiy gospitalda davolandi. 1943-yilda esa qoʻltiqtayoqda yurtiga qaytdi.

Urushda boʻldim, yaradorman, deb oʻtirmay uyiga qaytganining ertasigayoq Rajab Eshmonov tuman harbiy komissariatining iltimosiga koʻra armiyaga chaqiriluvchilarni armiyaning dastlabki tartib-qoidalari bilan tanishtira boshladi, harbiy mashgʻulotlar oʻtdi. Keyinchalik oʻz ovulida zootexnik, paxtachilik brigadasi boshligʻi lavozimlarida ishladi. 4 oʻgʻil, 2 qizni tarbiyalab voyaga yetkazib, uyli-joyli qildi. Hozir otaxonning 90 nafardan ziyod nevara, chevaralari bor. Yaqindaoʻn oltinchi nevara kelin tushirdi. Turli kasb egalari boʻlgan oʻgʻil-qizlar, nevaralar, chevaralar mehridan kuch olib, tilidan shukronasi tushmaydigan otaxon hali bardam. Bolalariga yoʻl-yoʻriq berib oʻtiradi. Bugungiday tinch-dorilomon kunlarning qadriga yetishni oʻrgatadi.

- Qirq yil qirgʻin boʻlsa-da ajali yetgan oʻlarkan, - deydi kulib xolimbeglik yana bir Ikkinchi jahon urushi faxriysi Tilov Matnazarov. Otaxonning bu iqrori bejiz emas. U 1942-yilda urushga jalb etilganida ayni 24 yoshida, togʻni ursa, talqon etguday zabardast yigit edi. Harbiy xizmatda dastlabki tayyorgarlik mashqlari davomida uning ziyrak, aqlli va har qanday ogʻir damda ham oʻzini yoʻqotmay, chora-tadbir koʻra olishi guruh yetakchisining diqqatini tortib, razvedka xizmatiga olindi. 5-marta turli darajada yarador boʻlsa-da, davolanib yana safga qaytib, 1945-yilning dekabrigacha, gʻalabadan soʻng ham urush oqibatlarini tugatishda ishtirok etdi.

1945-yilning soʻnggi kunlaridan birida Xolimbekka qaytgan Tilov Matnazarov urushda alohida xizmat qildim, yaradorman demay, paxtachilik brigadasida tabelchi, brigada boshligʻi boʻldi. To qarilik nafaqasiga chiqqunicha paxta va boshqada qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirishga hissa qoʻshdi. Oʻz tajribalarini yoshlarga erinmay oʻrgatdi.

Otaxon hozir bir asrni toʻldirish ostonasida, 98 yoshida. Eshitish qobiliyatining susayganini eʼtiborga olmaganda ziyrak, aqli teran. Besh nafar oʻgʻil, besh nafar qizni uyli-joyli qilib, ulardan koʻrgan nevara-chevaralari sanogʻidan baʼzan oʻzi ham adashib ketadi. Bayram, hayit kunlarida ularning bari bir yigʻilishib qolsa, xonadonda toʻy boʻlib ketadi. Ulkan hovliga fayz berib oʻtirgan otaxonni bari qadrlashadi, eʼzozlashadi. Har biri turli kasbda, turli idoralarda ishlaydigan farzandlar, nevara, chevaralar ulkan xonadonga kirib, otadan xabar olib turishadi.

- Dunyo, dunyo boʻlgandan beri bugungiday dorilomon kunlar boʻlgan emasdir-ov, - deydi otaxon. – Mustaqilligimiz sharofati bu. Yurtim deb, oilam, deb mehnat qilgan odam mehnatining rohatini koʻrayapti. Keksayganimda boʻlsa-da shunday kunlarga yetkazganiga shukrona aytaman.

9-may - Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan yoʻqlab borganimizdan otaxonning boshi osmonga yetdi. Shu bahona olovli urush yillarini xotirladi. Jon olib - jon berilgan, nemislarning qurollarining oʻqlari yomgʻirday yogʻilib turgan vaqtlarda qahramonona jang qilib halok boʻlgan quroldosh doʻstlarini eslab qurʼon tilovat qildi, yurtimizdagi tinchlik barqaror boʻlmogʻini tiladi.

Bir necha soniyalik jimlikdan soʻng bizga hamrohlik qilgan ovul oqsoqoli Mirza aka Xolmurodov.

- Chindan-da tinchlikning bahosi yoʻgʻ-ov, - dedi xayolchan. - Tinchlik tufayli bugungiday toʻkinlikka, obodlikka erishayapmiz. Hozir xolimbegliklarning hovlisi eshigiga qulf urilmaydi, ishonsangizlar. Deyarli har bir xonadonda yangi rusumdagi oʻzimizning mashinalar eshik oldida turaveradi, chorvamiz esa oʻtloqda. Bu menimcha, koʻngilning toʻqligi, koʻzning toʻqligi. Iloyim, bu kunlarning soʻngini bersin, koʻz tegmagay.

Oqsoqolning tilaklariga barchamiz qoʻshildik.

Inson zoti borki, tinch-farovon, oʻz oilasi bagʻrida emin-erkin yashagisi keladi. Biroq xalqimizning osoyishtaligiga rahna solishga uringan, tish-tirnogʻigacha qurollanib bosqinchilik maqsadini koʻzlab ikkinchi jahon urushi olovini yoqqan nemis-fashistlarga qarshi kurash va gʻalabaga erishish uchun fidokoronajang qilish yurtimizning har bir oʻgʻlonining shon-sharaf ishiga aylangan edi.

Tumanimizning "Jumurovul”ida voyaga yetgan Abdulla Otajonov ham 21 yoshida 1942-yilda koʻngillilar safida ikkinchi jahon urushiga joʻnadi. To yovuzlarcha bostirib kirgan dushman taslim qilinib, urush olib borilgan hududlarda urush oqibatlarini tugatishgacha, 1946-yilning oxirigacha harbiy xizmatda boʻldi. Bir koʻzidan yaralangan boʻlsada yaroqsizman, demadi. Urushdan qaytgach, qishloq xoʻjaligi ishlarida ishladi. Oʻgʻil-qiz oʻstirib el qatoriga qoʻshdi. Hozir nevaralar, chevaralar tizilishib kelganida otaxonning boshi koʻkka yetib qoladi. Axir ular otaxon umrining davomchilarida.

Yurtboshimizning Farmoniga koʻra 9-may – Xotira va Qadrlash kuni sifatida bayram qilinishi, urush va mehnat faxriylariga ulkan hurmat-ehtirom koʻrsatilishi ularni cheksiz shodlikka belamoqda. Faxriylar Yurtboshimizning, yurtdoshlarimizning eʼtiboridan mamnun boʻlishmoqda.

- Bundan ikki-uch yil oldin, 9-may bayrami arafasi edi, - deya hikoya qiladi Abdulla otaning kelini Olmagul. - Pochtalon Prezidentimizning Farmoniga koʻra urush faxriylariga bayram sovgʻasi – pul tarqatib yurgan edi. Ayni sovgʻa kelgan kuni otam mehmonga ketgandi. Ertaga kela qoling, desam, pochtalon "oʻzingiz olib qolavering-da”, deydi. Men:

- Yoʻq, otamning oʻziga bering, bir quvonsin, - dedim. Gap sovgʻada, pulda emas, eʼtiborda. Birov shunchaki soʻrashgani kirsa ham quvonib qoladi otam.

Uning soʻzlarini tinglay turib otaxonga qaraymiz. Oʻsha qon kechib yurgan olovli urush yillarida boshidan oʻtgan azob-uqubatlari taʼsirimi yo 91 yillik dovon taʼsirimi yosh boladek jussasi kichrayib, begʻubor goʻdakday boʻlib qolibdi. Yigitlik, chogʻlaridagi fidoyiliklaridan, matonatidan darak berib turgan koʻksidagi orden, medallarni nevaralar qiziqib tomosha qilmoqda.

Pir-u badavlat otaxonning esa tilida doim shu tilak: yurt tinch boʻlsin! Bu hur zamon boqiy boʻlsin!

Yurtimiz farishtalari - nuroniy otaxonlarimiz tilagi umrimizga zeb, ishlarimizga baraka berib turadi.

Baxtimizga ular salomat boʻlib, dunyo turguncha tursin!

Suratda: Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Rajab Qozoqovni oʻquvchilar bayram bilan qutlamoqda (tepada). Xolimbeglik Rajab Eshmonov nevaralari davrasida.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026