16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:06
Madaniyat 👁 257

IQTIDORLI ShOGIRD

IQTIDORLI ShOGIRD

Iqtidorsiz insonning oʻzi boʻlmaydi. Faqat kichik yoshdan oilada kattalar, ota-ona va taʼlim muassasalarida ustozlar yaqindan koʻmak berishsa, har qanday boladagi isteʼdod yanada shakllanib, rivojlanadi va yuzaga chiqadi.
Behruz Jumamurodov ham bolalikdan sanʼatga, musiqaga ixlosi boshqachaligini namoyon qila boshladi. Ayniqsa, ovuldagi 29-sonli maktabga 1-sinfga oʻqishga borganidan soʻng, tadbirlarda qoʻngʻiroqday ovozi bilan ashulalar ijro etib, iqtidor egasi ekanligini koʻrsatdi. Behruzdagi isteʼdodni allaqachon payqagan ota-onasi maktabdagi ustozlar tavsiyasi bilan Qangli madaniyat markazida tashkil etilgan rubob toʻgaragiga olib borishdi.
Madaniyat markazida estrada va rubob yoʻnalishlari boʻyicha 30 nafardan ziyod bolaga sanʼat sirlarini oʻrgatayotgan toʻgarak rahbarlari Behruzni dastlab qaysi sanʼat turiga koʻproq qiziqishini aniqlab olishdi. Uning oʻzi ham musiqa asbobini chalishga, ham qoʻshiq aytishga qiziqishini aytib, rubob toʻgaragini tanladi va ustozi Olimboy Yeshimbetovdan sanʼat sirlarini, mahoratini oʻrgana boshladi.
- Behruz iqtidorli boʻlish bilan birga intiluvchan, tirishqoq, – deydi “Qangli” madaniyat markazining rubob toʻgaragi rahbari O.Yeshimbetov. – Eshitish, qabul qilish, oʻzlashtirish darajasi juda yaxshi. Qisqa fursat ichida rubob chalishni oʻrganib oldi. Oʻzi musiqa chalib, oʻzi qoʻshiq aytadi. U eng iqtidorli shogirdim.
“Qangli” madaniyat markaziga ovul hududidagi 5 ta maktab, 8 ta aholi punktidan sanʼatsevar yoshlar tashrif buyurib, iqtidorlarini rivojlantiradi. Markaz mudiri,  murabbiylar D.Endirboyev,  O.Yeshimbetovlar ularning isteʼdodlarini shakllantirish, yuzaga chiqarish maqsadida astoydil shugʻullanishadi. Murabbiylar ularning sahnaga chiqishlariga, ovuldagi bayram tadbirlari, tuman markazida oʻtkaziladigan katta tadbirlarda yaxshi kuy va qoʻshiqlari bilan qatnashishlariga imkoniyat yaratib, qiziqishlarini yanada orttiradi. Ayniqsa, markazdagi toʻgaraklarning havaskor yoshlari tomonidan tayyorlangan bayram dasturlari, tomoshalari bayramlarga fayz bagʻishlash bilan birga aholiga koʻtarinki kayfiyat, bayram ruhini bagʻishlaydi.
Behruz ham mana shunday tadbirlarda ishtirok etib, oʻzini tanitdi. Toʻgarak mashgʻulotlarida oʻrgangan 15 tacha kuy va qoʻshiqlardan “Chamanda gul”, “Gullar raqsi”, “Oʻrganamiz-oʻrgatamiz” kabi qoʻshiqlari allaqachon oʻz muxlislarini topdi. Oʻtgan yillar davomida “Isteʼdod shou” tanlovining hududiy bosqich gʻolibi boʻldi. Tuman Madaniyat markazida oʻtkazilgan choraklik hisobot kontsert dasturlarida ham faollik koʻrsatdi. “Mustaqillik farzandlarimiz” onlayn koʻrik-tanlovida esa yakka ijrochilik yoʻnalishi boʻyicha ham faxrli 1-oʻrinni egalladi. Shuningdek, mustaqilligimizning 29 yilligiga, Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan onlayn kontsert dasturlarida oʻzining sevib ijro etadigan qoʻshiqlari bilan ishtirok etib, ustozlari, ota-onasi va muxlislarining mehrini, eʼtiborini qozondi.
Yosh isteʼdod egasi Behruz Jumamurodov sanʼat yoʻliga endi qadam qoʻydi. Soz sehri chulgʻagan koʻnglida kuy va qoʻshiqqa havas bor. U kelajakda sanʼat sohasida davom etishni maqsad qilgan. Oʻzi intilishda davom etsa, shu bilan birga ustozlari, ota-onasi uni qoʻllab-quvvatlasa, albatta, maqsadiga yetadi va Amudaryodan yetishib chiqqan isteʼdodli sanʼatkorlar safi yana koʻpayadi.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019