19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 09:01
Jamiyat 👁 150

“YoShLAR FESTIVALI” DOIRASIDA OʻTKAZILGAN TADBIRLAR IShTIROKChILARDA OʻChMAS TAASSUROTLAR QOLDIRDI

“YoShLAR FESTIVALI” DOIRASIDA OʻTKAZILGAN TADBIRLAR IShTIROKChILARDA OʻChMAS TAASSUROTLAR QOLDIRDI

Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida turli koʻngilochar tadbirlar, taʼlim  va sportga oid bellashuvlar, badiiy  koʻrgazmalar, muvaffaqiyatga erishayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlarni oʻz ichiga qamrab olgan “Yoshlar festivali” davom etmoqda.

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish borasida Muhtaram Prezidentimiz belgilab bergan 5 muhim tashabbus ijrosini taʼminlash yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga sharoit yaratish, sanʼatga, sportga keng jalb qilish kompyuter savodxonligini oshirish, kasb-hunar egallab, hayotda oʻz oʻrinlarini topishlariga  koʻmaklashish maqsadida oʻtkazilayotgan festival doirasidagi tadbirlarda yoshlar faol ishtirok etmoqdalar.

Festival doirasida Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi tashabbusi bilan Mangʻit shahridagi 82-sonli maktabda ham qator tadbirlar oʻtkazildi. Dastlab, yoshlarni ish bilan taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi oʻtkazildi. Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan yarmarkada 54 ta korxona-tashkilotlar jami 170 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashdi, 12 nafar yoshlar oʻzlari tanlagan boʻsh ish oʻrinlariga joylashdilar.

Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasidan soʻng maktab faollar zalida yoshlar bilan samarali muloqot qilish, ularning taklif-istaklarini oʻrganish va  birgalikda hal etish maqsadida “Sektor rahbarlari va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvidan soʻng tumanimizda faoliyat yuritayotgan 92-02 “K” harbiy qismi harbiy xizmatchilarining yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Harbiy xizmatchilar yoshlarga mamlakatimiz chegaralari daxlsizligini saqlash, muddatli harbiy xizmat burchini ado etish har bir yigitning oliy vazifasi ekanligi xususida, mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida qiziqarli bayon qilib berdilar. Ishtirokchi yoshlar harbiy xizmatchilarga muddatli harbiy xizmat, muddatli xizmat burchini oʻtagan yigitlarga ishga joylashish, oliygohlarga oʻqishga kirishda yaratilgan imtiyozlar toʻgʻrisida oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berib, javoblar oldilar.

Suhbat tugagach, harbiy yigitlar va tumanimizning sportsevar yigitlari oʻrtasida mini futbol musobaqasi oʻtkazildi. Chordara mahallasida joylashgan sunʼiy qoplamali minni futbol maydonchasida boʻlib oʻtgan minni futbol musobaqasini tomosha qiluvchilar, jamoalarni qoʻllab-quvvatlovchilar koʻp boʻldi.

Gʻoliblar Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi tomonidan ragʻbatlantirildi. Eng muhimi, muddatli harbiy xizmat burchini oʻtayotgan yigitlar va tumanimizning sportsevar yoshlari musobaqa tufayli yaqindan tanishdilar. Oʻrtalarida iliq doʻstona munosabat shakllandi. Natijada musobaqa davomida oʻyin qoidalariga toʻla amal qilindi va bir-birlarining oʻyindagi mahoratlariga gʻoliblik uchun sidqidildan intilishlariga tan berdilar.

“Yoshlar festivali” doirasidagi oʻtkazilgan tadbirlarning barchasi ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi, ezgu maqsadlar sari intilishga ragʻbatlantirdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026