16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:17
Sport 👁 321

Yosh sportchilarga Elyor polvon Masharipov mahorat darslari oʻtdi

Yosh sportchilarga Elyor polvon Masharipov mahorat darslari oʻtdi

Soʻnggi yillarda tumanimizda sport sohasini rivojlantirish, yoshlarning oʻzlari qiziqqan yoʻnalishlar boʻyicha sport turlari bilan shugʻullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilayotgan eʼtibor tufayli nufuzli sport musobaqalarida ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni egallab kelayotgan yoshlar safi oʻsib bormoqda. Bunda, albatta, tuman BOʻSM tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda olib borilayotgan saʼy-harakatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, tuman hokimligi yordami bilan mahallalar va umumtaʼlim maktablari hamkorligida yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishlarini taʼminlash maqsadida sunʼiy qoplamali sport maydonchalari bunyod etilib, foydalanishga topshirilmoqda. Natija esa quvonarli. Ayni paytda tumanimizdan yetishib chiqayotgan sportchilar orasida Oʻzbekiston, Osiyo, Jahon chempionati va kuboklari sovrindorlari bor.

Yangi 2021-yilning ilk haftasida, 4-yanvar kuni tuman Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida ushbu maktabning sobiq oʻquvchilaridan biri, dzyu-do kurashi boʻyicha yoshlar oʻrtasida Yevropa ochiq chempionati, Osiyo oʻyinlari sovrindori, bir necha marta Oʻzbekiston chempioni va Xalqaro musobaqalar sovrindori Elyor polvon Masharipov bilan tumanimiz yosh sportchilarining uchrashuvi oʻtkazilib, unda tuman BOʻSMda ilk sport tahsilini olgan, ayni paytda jahon sport arenalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan mohir sportchi Sharofiddin Boltaboyevning erishayotgan yutuqlari, shu barobarida, dzyu-do kurashining sirlari haqida maroqli suhbat uyushtirildi.

Taniqli sportchi bilan uchrashuv tadbirini tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori Chorsham Tojimurodov ochdi va barchani diyorimizga kirib kelgan yangi 2021-yil bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, Chorsham Tojimurodov oʻz soʻzida Mangʻit shahrining Navoiy nomli mahallasida tugʻilib-oʻsgan Sharofiddin Boltaboyevning tuman BOʻSMda ilk mashgʻulot boshlagan yillari va sportda erishayotgan yutuqlari haqida qisqacha toʻxtalib oʻtdi. Shundan soʻng, yoshlar oʻrtasida Yevropa ochiq chempionati, Osiyo oʻyinlari sovrindori, bir necha bor Oʻzbekiston chempioni va xalqaro musobaqalar sovrindori Elyor Masharripov yosh sportchilarga yurtdoshimiz Sharofiddin Boltaboyevning sabr-matonati, irodasi, kuchli sportchi ekanligi xususida faxrlanib soʻzladi. Shu bilan birga Sharofiddin Boltaboyevning sportdagi yutuqlari xususida batafsil toʻxtaldi. Xususan, 2019-yil Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida oʻtkazilgan jahon dzyu-dochilarining Osiyo chempionatida 2-oʻrinni, shu yili Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan gran-pri musobaqalarida oʻz vazn toifasida faxrli birinchi oʻrinni egallagani, hozirgi kunda Olimpia yoʻllanmasini qoʻlga kiritish maqsadida jahon reytingida ochkolar sonini 2993 taga yetkazib, reytingda 15-oʻringa koʻtarilganini yoshlarga faxrlanib soʻzlab berdi.

Bundan tashqari, Sharofiddin Boltaboyev 2021-yilning 11-13-yanvar kunlari Qatar poytaxti Doxa shahrida «Masters» seriyasidagi yilning dastlabki nufuzli musobaqasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilish uchun joʻnab ketganini,  «Masters»  turniri nufuzi jihatidan jahon chempionatidan keyin turishini, bu musobaqada ham yurtdoshimizning gʻalaba qozonishiga ishonch bildirib, Sh.Boltaboyevni yosh sportchilarga ibrat qilib koʻrsatdi.

Oʻz navbatida yosh sportchilar Elyor polvon Masharipovga sport sohasiga oid savollar bilan murojaat qildilar. Elyor polvon yoshlarga yuqori natijalarga erishish sirlari haqida gapirib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Sermazmun muloqot, qiziqarli savol-javoblar bilan oʻtgan uchrashuvda Elyor polvon Masharipov yosh sportchilarga mahorat darslarini ham oʻtdi. Dzyu-do kurashining oʻziga xos usullari, sir-sinoatlari yuzasidan BOʻSM sport murabbiylari bilan oʻzining bilim va tajribalari, koʻnikmalarini oʻrtoqlashdi. Murabbiylarning mashgʻulotlarni tizimli olib borishlari, ayniqsa, iqtidorli yoshlar bilan shugʻullanishda mashgʻulotlarning uzviyligini taʼminlash yuzasidan tavsiyalar berdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019