16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:24
Adabiyot 👁 2,850

Oʻziga xos tajriba maktabiga aylangan gazeta

Oʻziga xos tajriba maktabiga  aylangan gazeta

Matbuot – shunchaki axborot manbai, xalqni jamiyatimizda roʻy berayotgan yangiliklardan, oʻzgarishlardan voqif etuvchi vositagina emas, balki har bir xalqni ilmiy-maʼrifiy mushohada yuritishga undovchi kuchdir. Qolaversa, bugungi matbuot – har bir insonga zamon bilan hamnafas ravishda ijtimoiy-iqtisodiy hayotda roʻy berayotgan taraqqiyot omillaridan ijobiy xulosalar chiqarib, oʻz hayot tarzini oʻzgartirish, yangilash imkonini beruvchi maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya dorilfununidir. Buni Amudaryo tumani matbuoti misolida yaqqol koʻrish mumkin. Sababi, ilk soni 1934-yildan chiqa boshlagan tuman gazetasi oʻzining 80 yillik faoliyati davomida tuman xalqiga sadoqat bilan xizmat qilib qelmoqda. Turli yillarda har xil nomlar bilan chop etilib kelingan "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi oʻz faoliyatining barcha bosqichlarida matbuot soʻzining, haqiqat va adolatning qudratini amalda namoyon etib, xalq qalbidan munosib joy ola bildi va Amu elining ishonchiga, qaynoq mehriga sazovor boʻldi. Bugungi tezkor axborot asrida koʻpchilik tuman gazetalari inqirozga yuz tutayotgan, oʻz davriyligini taʼminlay olmayotgan bir paytda "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi salkam 6000 nusxada, har haftada chop etilib, oʻz vaqtida obunachilariga yetib borayotgani tuman gazetasi nufuzining nechogʻlik yuqoriligidan dalolatdir.

Avvalo shuni alohida qayd etish kerakki, tuman gazetasining bunday mavqega yetishishidagi eng birinchi omil bu – tahririyatda yetuk va bilimdon, malakali jurnalistlardan iborat ahil ijodiy jamoaning shakllanganligidir. Oʻz kasbining fidoyilari boʻlgan oliy maʼlumotli jurnalistlar – gazetaning sobiq muharrirlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Xonimjon Rajabova, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalistlar Gulnora Matyoqubova, Saʼdulla Xoʻjaniyozov, Robiya Yoʻldosheva, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzosi, "Shuhrat” medali sohibi Allambergan Jumaniyozov, tajribali jurnalist Oygul Rajabovalar yaratgan oʻziga xos ijod boʻstoni bugungi kunda nafaqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, balki Oʻzbekiston miqyosidagi ibratli jurnalistika maktabi darajasiga yetdi, desam mubolagʻa boʻlmaydi.

Bugungi kunda oʻziga xos tajriba maktabini yaratgan ijodiy jamoa erishayotgan yutuqlar salmogʻi yanada ulkan. Gazetaning yosh muharriri Gʻulomjon Yeshniyozov rahbarligida 2012-yildan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasida birinchi boʻlib internetda oʻzining mustaqilveb saytiga, 2014-yilning mart oyidan boshlab mustaqil "Mening oilam” ilova nashriga ega boʻlgan gazetatahririyati xodimlarining barchasi uchun oʻqish, izlanish, yutuqlarni yanada boyitib borish doimiy ijodiy anʼanaga aylangan. Shu bois, gazetaning har bir sonida yoritilayotgan maqolalarning qamrov maydoni keng, rang-barang, xalqchil. Shunisi eʼtiborga loyiqki, tahririyat jurnalistlari har bir matn ustida oʻzlariga yuksak talablar qoʻygan holda ishlaydilar, hatto respublika miqyosidagi gazetalar darajasidan oʻtib ijod qilishga intiladilar.

Agar gazeta taxlamlari bilan tanishsangiz, uning deyarli har bir sonida tuman hayotining barcha sohalari aks etib turganligiga guvoh boʻlasiz. Eng muhimi, sahifalarda qaynoq va joʻshqin hayot nafasi ufurib turadi. Gazeta shuning uchun ham tuman xalqi hayotining ajralmas bir qismiga – yuksak maʼnaviyat maktabiga aylangan.

Mana, bir oydirki, amudaryoliklar Mustaqillikning 23 yilligi va tuman matbuotining 80 yilligi munosabati bilan tuman hokimining 2014-yil 7-iyuldagi "Mustaqillikni mustahkamlash va milliy istiqlol gʻoyalarini targʻib qilishda "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining oʻrni va ahamiyati” mavzusida targʻibot oyligini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq gazeta ijodkorlari bilan yuzma-yuz muloqotlarda, davra suhbatlari, adabiy-badiiy, musiqiy tadbirlarda ishtirok etishmoqda. Hech bir zamonda mahalliy rahbariyat tomonidan matbuotga bunchalik eʼtibor va ragʻbat koʻrsatilmagan. Va yana shuni baralla aytamanki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jurnalistikasi tarixida bunday targʻibot oyligi hech bir tahririyatda oʻtkazilgan emas! Bu – avvalo mahalliy rahbariyatning matbuotga eʼtibori kuchliligidan, qolaversa, "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining xalqqa nihoyatda yaqinligi, xalqning hur va erkin fikrlar ayta oladigan chinakkam minbariga aylanganidandir. Bu – haqiqiy ibrat maktabi, hozirgi zamon oʻzbek jurnalistikasining tom maʼnodagi tajriba Dorilfununidir. Bu ibrat maktabidan, bu tajriba Dorilfununidan barcha hamkasblarimiz saboq olsa arziydi va ommalashtirishga munosibdir.

Men "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasiningjoʻshqin kalbli ijodiy jamoasini, jamoatchi muxbirlarini, gazetasini sevgan, maʼnaviyatga oshno barcha amudaryoliklarni tuman matbuotining 80 yilligi hamda yaqinlashib kelayotgan mustaqillikning 23 yilligi bilan samimiy tabriklayman. Tahririyat ijodkorlariga joʻshqinlik, sogʻlik, el-yurtga osoyishtalik tilayman.

Kengesboy REYMOV,

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019