16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 14:54
Jamiyat 👁 2,667

Toʻylar - maʼnaviyatimiz koʻzgusi

Toʻylar - maʼnaviyatimiz koʻzgusi

Xalqimizda toʻy koʻp, yaxshi kunlarimiz koʻp, ilohim koʻz tegmasin!

Toʻy marosimi ikki yoshning muhabbati ila oila atalmish muqaddas qoʻrgʻonning qurilayotganligini elu-yurtga, qarindosh-urugʻlarga maʼlum qilib, oldidan oʻtish degan maʼnolarni beradi...

Ammo bu marosim bugungi kunga kelib, insonlarning mol-u dunyosini koʻz-koʻz qilishga qaratilgan bellashuvga oʻxshab qolayapti.

Hayratlanarlisi shundaki, bu "katta” marosimning kichik-kichik marosimchalari bolalab ketayotir. Eshik ochar, maslahat, kengash, qiz yigʻin, kelin koʻrdi, kuyov chaqiriq, kelin chaqiriq yana yoshlarning va kattalarning "yuvdi-yuvdi”lari...

Yuqoridagilarning barchasi faqat asosiylari, bu roʻyxatni tagʻin davom ettirish mumkin. Bularning barchasini hisoblab chiqqanimizda, kichikroq bir toʻyga yetgulik xarajatlar kelib chiqadi. Shukurki xalqimiz badavlat, dasturxonimiz toʻkin, osmonimiz tinch, shunday ekan, har bir yurtdoshimizning boshi toʻydan, yaxshi kundan chiqmasin.

Lekin ayrim qoʻshtirnoq ichidagi marosimlarning insonlarga, oilaga foydasi bormi? Ularni kimlar oʻylab topayapti?

Bolalikda, "qirq kechayu qirq kunduz toʻy beribdi va murodu maqsadlariga yetishibdi”, deb yakunlanuvchi ertaklarni koʻp eshitganmiz. Hozirgi toʻylarimiz ham shu iboraga oʻxshab ketayapti. Biroq qirq kecha-yu qirq kunduz qilinayotgan toʻylar yakuni qanday boʻlayapti? Ikki yosh murodu maqsadlariga yetishib baxtli boʻlayaptimi? Afsuski yoʻq. Xalqimizda asalning ham ozi shirin degan maqol bor.

Biz tejamkorlikni chetlab oʻtib isrofgarchilikka yuz tutishimiz bu nafaqat moddiy zarar, balki, musulmonchiligimizga ham zid boʻlgan salbiy illatdir.

Nega yapon yuz yil yasharu,

Oʻzbek buncha yoshga bormaydi.

Chunki yapon bizdek qorongʻu,

Sahar turib oshga bormaydi.

Garchi bizdan yuz bor farovon,

Garchi bizdan yuz karra toʻqdir.

Toʻy xarjida yuzta boy yapon

Bir kambagʻal oʻzbekcha yoʻqdir”, - deb yozadi E.Vohidov. Bu soʻzlarning zamirida maʼno koʻp. Faqat chuqurroq mulohaza qilishimiz lozim. Bu haqda juda koʻp gapirilayapti, yozilayapti. Ammo xulosa chiqarolmayapmiz, deb oʻylab qolaman. Ayniqsa bugungi kunga kelib, qiz chiqarish oʻgʻil uylantirishdan ham qiyinroq boʻlib bormoqda. Hayotimiz toʻkis, baxtimiz bekam boʻlgan dorilomon bir paytda oʻylab koʻraylik: biz bu kunlarga qanday erishdik?

Qolaversa sayyoramizning ayrim hududlarida ochlik, yoʻqchilik hukm surayotgan bir davrda, biz toʻqchilikning qadriga yetmay, isrofgarchilikka yoʻl qoʻyayotganimiz yoʻqmi? Bu dabdababozliklarda faqatgina kattalarni ayblash nooʻrin. Sababi mana shu isrofgarchilik atalmish salbiy illatga qaysidir maʼnoda yoshlar ham yoʻl qoʻymoqdalar. Bunga yaqqol misol – toʻy sayllari "gulyanka”lar. Kelin-kuyovlarimiz eng soʻngi rusumli mashinalarda saylga chiqishadi. Bundan tashqari kuyov tarafdan va kelin tarafdan yana bir qancha mashinalarni orqalariga ergashtirib ulov serqatnov boʻlgan koʻchalarda, yoʻllarda shunday palapartish harakatlanishadi. Xolbuki, koʻplab yoʻltransport hodisalari mana shu marosimlarda sodir boʻlmoqda. Mana shu nomaqbul odat qanchadan-qancha yoshlarning hayotiga zomin boʻldi...

Toʻylarimiz kamchiliklardan xoli boʻlib, haqiqiy baxt ostonasi boʻlsa, kelin-kuyovlar murod-maqsadlariga yetishsa, qaniydi.

Aziza MADRAHIMOVA,

Mangʻit Iqtisodiyot kolleji oʻquvchisi.

Foto: http://www.haqida.uz

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026