16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:27
Iqtisodiyot 👁 2,649

Iqtisodiyotimizning muhim tayanchi

Iqtisodiyotimizning muhim tayanchi

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgan kunlardan boshlab mamlakatimizda iqtisodiyotni barqarorlashtirish, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirishga alohida eʼtibor berildi.

Oʻtgan davr mobaynida yurtimizda Prezidentimiz tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida tadbirkorlik harakati rivojlantirilib,mulkdorlar sinfi shakllandi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari vujudga keldi. Mazkur tizimga qaratilayotgan aloxida eʼtibor, yaratilayotgan qulay shart-sharoit, eng asosiysi, davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar tufayli ular bugungi kunda iqtisodiyotimizda yetakchi kuchga aylandi. Bugun rivojlangan dunyo iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholi bandligini taʼminlash, farovonligini oshirishning muxim omiliga aylanib bormoqda. Bozor sharoitiga tez moslashuvchan, global iqtisodiy taʼsirlarga bardosh bera oladigan mazkur soha jamiyat taraqqiyotida qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida yana bir bor oʻz tasdigʻini topdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak eʼtibor samaralari barqaror taraqqiy etayotgan mamlakatimiz iqtisodiyotida ham oʻz ifodasini topmoqda.

Mamlakatimizda biznesni rivojlantirish uchun qulay ishchan muhit yaratish, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesga keng erkinlik berish, byurokratik toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Shuni ham alohida taʼkidlash joizki, mamlakatimizda tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ragʻbatlantirish, mamlakat iqtisodiyotida uning roli va ahamiyatini tubdan oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan bir qator yengilliklar ham berilib kelinmoqda. Yurtimizda Davlat hokimiyati organlari hamda tadbirkorlik subʼektlari oʻrtasida muloqatsiz munosabatlarni rivojlantirish orqali xoʻjalik yurituvchi subʼektlar bilan davlat organlari oʻrtasidagi munosabatlarda subektiv aralashuvlarni bartaraf qilish borasida bir qator meʼyoriy xujjatlar qabul qilindi.

Xususan Prezidentimizning 2014-yil 7 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2014-yil 15-apreldagi "Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq targʻibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, qulay investitsiya iqlimini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, pirovardida iqtisodiyotning xususiy sektorida aholi bandligini taʼminlash borasida oʻziga xos omil boʻldi. Shu boisdan ham joylarda ushbu xujjatlarning mazmun mohiyati atroflicha oʻrganilib, ular ijrosini toʻlaqonli taʼminlash yuzasidan tegishli tadbirlar belgilandi.

Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan yuqoridagi farmon va qarorda tadbirkorlar uchun bir qator imtiyoz va qulayliklar belgilab berildi. Masalan ,Farmondan kelib chiqadigan talablar asosida qabul qilingan "2014-2015 yillarda investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish samaradorligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi” ham bunga misol boʻla oladi. Shu bilan birga yuqoridagi qarorda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalangan faoliyatning va ruxsat etish xarakatiga bogʻliqhujjatlarning alohida turlarini bekor qilish yoki birlashtirish, bu borada”bir darcha” tamoyilini joriy etish vazifasi belgilangan.

Shuningdek, Farmonning 5-bandida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarnioʻz vaqtida toʻlaydigan, ishlab chiqarishning barqaror oʻsish surʼatlari va rentabelligini taʼminlovchi kichik tadbirkorlik subʼektlarining faoliyatini soliq tekshiruvidan oʻtkazish boʻyicha joriy etilgan moratoriy 2017-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatga uzaytirildi. Farmonning 7-bandiga asosan esa kichik tadbirkorlik subʼektlari tomonidan davlat byudjetiga soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashda banklar xizmatlari uchun toʻlovlar undirish bekor qilindi. Bundan tashqari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning soliq, moliyaviy hisobotlarni taqdim etmaslik hamda koʻrsatilgan manzilda yoʻqligi sababli ularning tijorat banklaridagi hisob varaqlari boʻyicha operatsiyalarini toʻxtatib qoʻyish faqat sudning tegishli qarori asosida Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan boʻldi. Yana dastur asosida yagona yer soligʻining toʻlov muddati 3ta muddatdan 2ta muddatga qisqartirildi.

Qarorda tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib tamoyillariga ham qator oʻzgartirishlar kiritildi va Davlat soliq xizmati tizimida axborot va telekommuniktsiya texnologiyalaridan foydalanish tartib-qoidalari ham alohida qayd etildi.

Mamlakatimizda xususiy mulk, kichik biznes va tadbirkorlik subʼektlari manfaatlarini himoya qilish, ularga keng imtiyoz va kafolotlar berishga katta eʼtibor qaratilmoqda, Bu borada mustahkam huquqiy –meʼyoriy poydevor yaratilib, shu asosda koʻlamli islohotlar izchil roʻyobga chiqarilmoqda. Xususan, keyingi yillarda koʻplab qonun xujjatlarining qabul qilinganligi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda qoʻl kelayotir. Negaki, ushbu xujjatlar bilan xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning huquq va qonuniy manfaatlari mustahkamlandi, mulkiy dahlsizligi taʼminlandi, ularning faoliyatiga nisbatan har qanday aralashuvni bartaraf etish, eng asosiysi, davlat organlari va tadbirkorlar oʻrtasidagi munosabatlarni erkinlashtirishga katta eʼtibor qaratildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yoʻnalishida qator chora-tadbirlar izchil roʻyobga chiqarildi. Xususan Prezidentimiz ilgari surgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasidagi gʻoya hamda takliflar hayotga bosqichma-bosqich tatbiq etilmoqda.

Eng muhimi, xususiy mulkning ishonchli himoyasi, tadbirkorlik faoliyati erkinligini taʼminlash mexanizmi takomillashtirildi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay biznes muhiti yaratildi.

Shu boisdan ham bugungi kunda tumanimizda jami 1198 ta tadbirkorlik subʼektlari, 750 nafar yakka tadbirkor erkin faoliyat koʻrsatmoqda. Tumanimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi kishilar oʻrtasida soliqqa oid qonunlar, Prezidentimiz Farmon va Qarorlari yuzasidan keng tushuntirish ishlari olib borilayotganligi sababli soliq toʻlashdagi kamchiliklar deyarli barham topdi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotimizning tayanchi, xalqimiz farovonligining muhim kafolatiga aylanmoqda. Shu bois mazkur sohaning mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan oʻrni va qoʻshayotgan hissasini yanada oshirish davlatimiz siyosatining doimiy diqqat-eʼtiborida boʻlib qolaveradi.

Oʻ.OʻRAZMETOV,

tuman DSI boshligʻi oʻrinbosari.


Maqola Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha doirasida eʼlon qilindi.


🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019