18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 13:08
Jamiyat 👁 2,030

Oilaviy ajrimlar: ularning oldini olish mumkinmi?

Oilaviy ajrimlar: ularning oldini olish mumkinmi?

- Albatta mumkin, - deydi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tuman boʻlimi boshligʻi Gulshod Yusupova. – Chunki ajrashaman, degan qarorga kelgan oilalar hayotiga nazar solsangiz – arzirli sababning oʻzi yoʻq, yo kelin turmushidan koʻngli toʻlmaydi, yo erning koʻpincha ajrimlarga nuroniy yoshga yetib qolgan otaxon, onaxonlar ham sabab boʻlayotganligini koʻrasiz. Ular kelinining ayrim kamchiliklari sabab oʻgʻliga ajrashasan, yo uydan chiqib ketasan, degan shart qoʻyishadi. Qarabsizki oʻgʻil albatta ota-onasidan yuz oʻgirib keta olmaydi. Biz ham barcha ota-onasini hurmat qilishi, keksayganida tinch-xotirjam, rohat-farogʻatda yashashini taʼminlashi tarafdorimiz. Biroq ota-onalar farzandi uchun oilasi ham muhim ekanligini unutmasliklarini istar edik.

Yaqinda ajrashish yoqasiga borib qolgan bir oila bizning boʻlimimizning jamoat tashkilotlari, MFY xodimlarini jalb qilgan holda aralashuvi, tushuntirish olib borishlari natijasida hayoti maromiga tushib ketdi. Oʻzaro nizolar sababi oddiy: qaynonaning aytishicha, “kelinining tili bir qarich”. Menga unday kelin kerak emas, - deb oʻgʻliga ajrashish yo shartini qoʻygan, oʻrtada uch nafar norasida goʻdaklar sarson.

Surishtirsak, oilada roʻzgʻor yuki asosan kelin zimmasida, maktabda oʻqituvchilik qilib, uyida mol-holiga, tomorqasiga ham asosan kelin qarar, oʻgʻil ishdan kelib, televizor qarshisida, ota-onasi yonida yotib olar ekan. Kelinning biror ishda eridan koʻmak soʻragani qaynota-qaynonaga ogʻir botar, bizga ish buyurayapsanmi, - deya janjal chiqarishar ekan.

Biz shu oilada boʻlib, oila mustahkamligi, tinch-osoyishtaligi hamma aʼzolariga bogʻliq ekanligini, farovonlik uchun avvalo er, xotin ham birday intilishi lozimligi, kelin ham ojiza ayol, birovning farzandi, eri unga roʻzgʻor ishlarida koʻmakdosh boʻlishi lozimligini qayta-qayta tushuntirdik. Harakatlarimiz zoye ketmadi. Oila hayoti iziga tushib ketdi.

Chor-atrofimizdagi notinch, yo ajrashayotgan oilalar hayotiga chuqurroq nazar solsak, albatta suhbatdoshimizning soʻzlari haq ekanligiga guvoh boʻlamiz.

Oilalarda bir-birovni hurmat qilmaslik, fikrlarini inobatga olmaslik, oʻzaro tushunmovchiliklar notinchlikni yuzaga keltirayotgani bor gap.

Ajrimlar sabab necha-necha norasida goʻdaklarning yetim boʻlib qolayotganligini oʻylash – juda ogʻir. Ularning kelgusidagi hayoti nima boʻladi, degan savol esa yanada azobli.

Toʻgʻri, hozirgiday dorilomon zamonda hech kim och, yalangʻoch qolmaydi. Biroq farzand uchun eng oliy neʼmat ota-ona mehri emasmi?

Shularni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi shu yilning 1-avgustidan 30-avgustigacha “Biz oilaviy ajrimlarga qarshimiz” mavzusida oilaviy munosabatlarni mustahkamlash oyligini oʻtkazmoqda.

Oylik doirasida markazning bizning tumanimizda faoliyat olib borayotgan boʻlimida ham koʻpgina saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Xususan, roʻyxatga olingan notinch oilalarni qayta xatlovdan oʻtkazib, mazkur oilalarni sogʻlomlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi, kelishmovchiliklar sodir boʻlayotgan oilalardagi muammolarning tub mohiyatini aniqlash, ularni murosaga keltirish choralarini koʻrish, ajrim koʻrsatkichlari oshgan hududlarda oila muqaddasligini targʻib etuvchi tadbirlar oʻtkazish, ibratli oilalarni namuna qilib koʻrsatish orqali ularning ham tinch-totuv yashab ketishlariga erishish, ibratli oila, qaynona, qaynota tanlovlarini oʻtkazish, Fuqarolar yigʻinlarining eng yaxshi ishlaydigan Yarashtirish komissiyalarini aniqlash va ragʻbatlantirish nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oylik doirasidagi tadbirlar oilalar, oilalardan tarkib topgan jamiyatimizda tinch-totuvlik, oʻzaro hamjihatlik barqaror boʻlishiga sezilarli taʼsir koʻrstishiga umid qilamiz.

O.RAJABOVA.     

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026