18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 20:28
Jamiyat 👁 770

MILLATIMIZ QIYoFASINING HUQUQIY AKSI

MILLATIMIZ QIYoFASINING HUQUQIY AKSI

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 26-yil toʻlmoqda. Shu davr mobaynida mazkur hujjatda aks etgan huquqlarimiz asosida xalqimiz ulkan yutuqlarga erishdi.

Konstitutsiyamizning davlatimiz va jamiyatimiz ravnaqi yoʻlida tutgan oʻrni haqida qanchalik koʻp gapirsak ham oz.

Konstitutsiyamiz sodda, ravon va xalqchil tilda yozilgani uchun uni dunyoning yetakchi davlatlari Konstitutsiyalari bilan yonma-yon qoʻyish mumkin.

Milliy Qomusimizning yana bir jihati borki, uning dunyo Konstitutsiyalari ichida noyobligini belgilab beradi. Bu noyoblik milliy mentalitetimiz, urf-odatlarimiz, tariximiz bilan chambarchas bogʻliq. Gap Konstitutsiyamizning “Oila” deb nom olgan XIV bobi haqida bormoqda.

Darhaqiqat, oʻz Konstitutsiyalarida oiladek muhim masalaga joy bergan davlatlar dunyoda sanoqlidir. Konstitutsiyamizning muqaddima qismida:

“... Hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyatini anglagan holda...” – iborasi bejizga keltirilmagan. Zero asosiy Qonunimizda belgilanganidek, oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega.

Aytish joizki, bu masalaga davlat darajasida katta eʼtibor qaratish shu jamiyatning ertangi kuni qanday boʻlishiga bevosita bogʻliq.

Konstitutsiyaning 64-moddasida belgilanganidek, davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni boqish, tarbiyalash va oʻqitishni taʼminlaydi, bolalarga bagʻishlangan xayriya tadbirlari va faoliyatlarni ragʻbatlantiradi.

Mustaqilligimizning ilk yillaridan davlatimiz tomonidan onalik va bolalikni himoya qilish, ularni ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy jihatdan avaylab-asrash yoʻlida koʻplab ishlar amalga oshirilmoq-da. Birgina davlat byudjetidan taʼlim va sogʻlikni saqlash sohasiga ajratilayotgan mablagʻlarning miqdori bunga yaqqol misol boʻla oladi. Bu kabi yuzlab misollarni keltirish mumkin. Ammo shu oʻrinda mavzuga oid tanqidiy nuqtai nazarni ham bildirib oʻtish oʻrinli deb hisoblayman.

Davlatimiz “Oila” institutini asrab-avaylash borasida har qancha urinmasin, afsuski, mazkur muqaddas dargohning qadriga koʻp putur yetkazilmoqda, nazarimda. Zamonaviy axborot texnologiyalarning rivojlanishi oqibatida taʼlim-tarbiya oʻchogʻi boʻlmish oilaga ommaviy madaniyatning turli koʻrinishlarda kirib kelayotgani, toʻylarimizdagi milliy qadriyatlarimizga zid boʻlgan urflarning yildan-yilga koʻpayayotgani va eng achinarlisi, shunday toʻylar sababli oilalarda ajrashishlar sonining oshib borayotgani jamiyatimizning har bir aʼzosini oʻyga soladi ...

Konstitutsiyamizda “nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”, – deb koʻrsatilgan. Lekin “teng huquqlilik” tushunchasi yoshlarimiz, koʻp hollarda ularning ota-onalari tomonidan notoʻgʻri talqin qilinishi, afsuski, oilalardagi munosabatlarning darz ketishiga sabab boʻlmoqda.

Statistik maʼlumotlarga qaraganda tumanimizda koʻrilgan ajrashish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari 2017-yilda 115 tani tashkil qilib, shundan 70 tasi qanoatlantirilgan. 2018-yil 9 oyida bu koʻrsatkich 119 ta boʻlib, qanoatlantirilgan arizalar soni 73 tani tashkil etgan. Anglaganingizdek, bu boradagi koʻrsatkichlar yil sayin oshib bormoqda.

Ajrashishlar sonining yildan-yilga koʻpayib borayotgani sababi nimada? Bunda gap faqat raqamlar haqida ketmayapti axir! Bu raqamlar orqasida necha-necha tirik yetimlar, yosh bolalarning oʻksigan qalblari, sudma-sud ovora boʻlgan er yoki xotin, davlat idoralarining mazkur muammo yechimi yuzasidan qilayotgan chora-tadbirlari bor.

Shu oʻrinda ajrashishlar sababi xususida qisqacha toʻxtalib oʻtsak.

Bunga sabab qilib oiladagi er-xotin oʻrtasidagi oʻzaro hurmatsizlik, oiladagi mulkiy munosabatlarning shaxsiy munosabatlardan ustun qoʻyilishi, ota yoki onaning oilaga, oʻz farzandlariga boʻlgan masʼuliyatsizligi kabi asosiy omillarni keltirish mumkin. Shu bilan bir qatorda internet tarmogʻidagi maʼlumotlar, uyali aloqa telefonlarining salbiy maʼnodagi imkoniyatlari, kundalik hayotimizdagi turk va boshqa millatga xos seriallarda qaynona va kelinlarga berilayotgan “saboqlar” ning koʻpayayotgani kabi ikkilamchi omillarni ham keltirish mumkin.

Biroq hayotimizda sanab oʻtilgan salbiy omillarning barchasiga aks taʼsir etuvchi vositalar ham bor. Ammo bu vositalar oxirgi yillarda, afsuski koʻpchilikni qiziqtirmay qoʻydi. Gap sevib oʻqiladigan badiiy kitoblar va oiladagi tarbiya haqida bormoqda. Aynan shu ikki vosita har qanday insonni hayotning turli qiyinchiliklaridan olib chiqib keta oladi. Insonni sabrli va bardoshli qiladi. Bejizga Prezidentimiz deyarli har bir uchrashuv, majlis va intervyusida yoshlarni koʻproq kitob oʻqishga daʼvat etmayapti. Sababi ertamizning egalari ular. Baxtli oilalarimizning koʻp boʻlishi yoki aksi boʻlishi aynan yoshlarning bugungi kunda tanlayotgan yoʻliga bogʻliq...

Xulosa oʻrnida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat tuzumi, suverenitetini, uning xalqaro maydondagi manfaatlarini mustahkam himoya qilish bilan birga jamiyatning asosiy boʻgʻini boʻlmish oilani ham shunday himoyasiga olgan va davlatimizda oilalarning ravnaq topishi uchun huquqiy jihatdan barcha imkoniyatlarni yaratib berilganini alohida taʼkidlamoqchiman. Faqat oila atalmish muqaddas dargohni davlat idoralari emas, biz oʻzimiz, har bir ayol va erkak himoya qilishimiz kerakligini unutmasligimiz darkor. Zotan, bu dargohning darz ketishi ertaga jamiyatning parchalanishiga, bu esa oʻz navbatida davlat manfaatlariga putur yetishiga olib kelishi tayin.

Shunday ekan, keling, azizlar, har birimiz oʻz oilalarimizning tinchligini asraylik! Zero, shu – bir qarashdan oddiy, lekin oʻta murakkab boʻlgan vazifamizni ado etishimiz davlatimiz kelajagiga qoʻshgan katta hissamiz boʻladi.

Jamshid BEKIMBETOV,

tuman Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026