16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:38
Qishloq xoʻjaligi 👁 248

PAXTAChILIK KLASTERI – MAHSULOT YeTIShTIRISh HAJMINI OShIRIB, iqtisodiy rivojlanishni taʼminlaydi

PAXTAChILIK KLASTERI –  MAHSULOT YeTIShTIRISh HAJMINI  OShIRIB, iqtisodiy rivojlanishni taʼminlaydi

Keyingi yillarda mamlakatimiz aholisining eng koʻp qismi mashgʻul boʻlgan qishloq xoʻjaligining barcha tarmoqlariga innovatsion texnologiyalar keng joriy etilib, mahsulot yetishtirish hajmi va sifati ortmoqda. Islohotlarning ogʻishmay amalga oshirilishi, ayniqsa, paxtachilikni daromadli sohaga aylantirmoqda. Qilingan mehnatga yarasha natija olinayapti. Bunda paxtachilik klasterlari tashkil etilganligi muhim oʻrin tutadi.

Xoʻsh, tumanimizda 2019-yildan faoliyat boshlagan paxtachilik klasterining afzalligi nimada? Yangi ish uslubida ishlash natijasi qanday?

Bu savollarga masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi direktori Bozorboy Safarboyev batafsil javob berdi:

– Avvalo soʻzimizni paxtachilik klasteri nima, degan savolni oydinlashtirishdan boshlasak. Paxtachilik klasteri – paxta xomashyosini yetishtirish, uni qayta ishlashdan tortib, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishgacha boʻlgan jarayonni oʻz ichiga qamrab olgan yangi tuzilma. Tashkillashtirish shakli jihatidan klaster vertikal ravishda integratsiyalangan tuzilma, deyish mumkin. Bu bir-biri bilan bogʻliq korxonalari mavjud hududlar uchun katta ahamiyatga ega. Chunki klaster hududlarning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashda katta rol oʻynaydi.

Endi bevosita tumanimizda tashkil etilgan paxtachilik  klasteri haqida. Bu borada ilk qadam qoʻyilgan yili, yaʼni 2018-yil 28-sentyabrdagi tuman hokimining 598-sonli qaroriga asosan 2019-yil hosili uchun 7146 gektar paxta ekiladigan yerdan 14905 tonna paxta hosili yetishtirib berish yuzasidan 185 ta fermer xoʻjaliklari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzildi.

Yil yakuni boʻyicha esa rejalar ortigʻi bilan ado etilib, hosil Xitoy, Qipchoq, Nazarxon tayyorlov maskanlarida qabul qilinib, “Amudaryotex” xorijiy korxonamizda qayta ishlandi va toladan ip kalava olinib, eksport qilindi. 2019-yilda korxonamiz klasterda yetishtirilgan paxtadan 5 mln. 500 ming dollarlik mahsulot eksport qilishga erishdi. Tumanimizda yetishtirilgan xomashyo tayyor kalava – ip holiga keltirilguncha boʻlgan bosqichlar shu yerning oʻzida, tumanimizda bajarilganining natijasi bu.

Joriy yilda tumandagi jami 362 ta fermer xoʻjaliklarining 15250 gektar paxta maydonlari klasterga qamrab olindi. Fermerlar bilan korxonamiz 34900 tonna xomashyo yetishtirish yuzasidan kontraktatsiya shartnomasi tuzgan. Ayni kunda “Zavod yoni”, “Paxtakor”, Qilichboy, Xitoy, Qipchoq hamda Nazarxon tayyorlov maskanlarida fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan paxta hosili qabul qilib olinmoqda. Buning uchun klaster korxonasida ish oʻrinlari kengaytirilib, koʻpgina fuqarolar ish bilan taʼminlandi.

Shuningdek, oʻtgan yilgi daromadlar hisobiga paxta – toʻqimachilik ishlab-chiqarishni joriy etish mexanizmlarini yanada kengaytirish maqsadida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasiga 7 ta surim tarktori, 4 ta tirkama, 4 ta kultivator, 3 ta aylanma omoch, 3 ta lazer yer tekislagichlar olib kelinib, fermer xoʻjaliklari dalalariga agrotexnik xizmat koʻrsatilmoqda.

Joriy yilgi mavsumda yigʻib-terib olingan 22461 tonna paxtaga 1000 soʻmdan, 12 139 tonna paxtaga 1400 soʻmdan, jami 40 mlrd. soʻmga yaqin mablagʻ terim puli sifatida berildi va paxta terimida alohida namuna boʻlayotgan terimchilar ragʻbatlantirib borilmoqda. Shuningdek, 5 mln. 550 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi.

Kelgusida olinadigan daromadni yanada oshirish va tumanimizning ishga yaroqli ishsiz aholisini ish bilan taʼminlash, paxta-sanoat zanjirini uzaytirish maqsadida  korxonamizda loyiha qiymati 4300 ming dollar boʻlgan oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish texnologiyasi oʻrnatiladi va yiliga 54000 tonna mahsulot ishlab chiqariladi. Natijada 80 ta yangi ish oʻrin yaratiladi.

Ushbu loyiha 2021-yil 1-maydan ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, pnevmatik kalava ip ishlab chiqarish boʻyicha qiymati 2 mln. 150 ming dollarga teng boʻlgan loyiha ishlab chiqilgan. Loyiha ishga tushirilgach, yana 80 ta yangi ish oʻrni yaratiladi va korxona faoliyati yana bir jarayon – pnevmatik kalava ip ishlab chiqarishni oʻz ichiga qamrab oladi. Bundan xulosa shuki, paxtachilikning sanoat bilan bir tizimda faoliyat yuritishi natijasida oldinlari “Oʻzpaxtasanoat”ga topshirilgan tumanimiz paxtakorlari yetishtirgan paxta xom ashyosi endilikda tumanimizning oʻzida tola, toladan kalava ip, kalava ipdan pnevmatik kalava ip  tayyorlash jarayonlarini bosib oʻtadi va qimmatli eksportbop mahsulotga aylanadi. Bu fermerlarning ham, “Amudaryotex” xorijiy korxonasining ham iqtisodi yuksalib, yangi-yangi loyihalarning ishga tushirilishiga zamin yaratadi. Chunki paxtadan olinadigan mahsulotlar turi koʻp. Mamlakatimiz iqtisodiyotidagi yangi tuzilma – paxtachilik sanoat klasteri istiqboli umidli.

Tumanimiz dehqonlarini paxta yetishtirish rejasini ado etganliklari bilan qizgʻin qutlayman va mashaqqatli mehnatlari rohatini koʻrishini tilab qolaman.

Oygul RAJABOVA yozib oldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019