19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 10:40
Jamiyat 👁 101

YOʻL-TRANSPORT HODISALARINING OLDINI OLIShGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

YOʻL-TRANSPORT HODISALARINING OLDINI OLIShGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Hayot tasodiflarga toʻla. Ertalab oʻz kundalik tashvishlari bilan uyidan koʻchaga chiqib ketayotgan odam oʻzini oldinda nimalar kutayotganini hech qachon bilmaydi. Buxoro viloyatining Kogon tumanida yashovchi bir yurtdoshimiz ham oʻz yashash joyidan yuzlab chaqirim olisda, Amudaryo tumanining “Qipchoq-Mangʻit-Turkmaniston” chegara yoʻli boʻylab harakatlanib borayotganida avtohalokatga uchradi. Ushbu avtohalokat oqibatida hayotdan koʻz yumishini bilganida, balki u olis yoʻlga chiqmagan boʻlar edi. Lekin afsuski, bu falokat sodir boʻldi va ushbu fuqaro bizning tumanimizda, tuman Tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimida hushiga kelmasdan vafot etdi.

Joriy yilning 20-oktyabr sanasida, Qipchoq ovul fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida boʻlib oʻtgan mutasaddi idoralar rahbarlari, Qipchoq ovuli masʼullari va ovul faollari, keng aholi vakillari ishtirokidagi yigʻilishda aynan ana shu  yoʻl-transport hodisasi oqibatlari muhokama etildi.

Tuman hokimining oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev raisligida oʻtkazilgan mazkur yigʻilishni Qipchoq ovul fuqarolar yigʻini raisi Soatboy Nametov ochdi va yigʻilganlarni kun tartibidagi asosiy masala – “Qipchoq-Mangʻit-Turkmaniston” chegarasi yoʻlida 2020-yil 16-oktyabr kuni yuz bergan yoʻl-transport hodisasi va kelgusida shu kabi koʻngilsiz holatlar sodir boʻlishining oldini olish chora-tadbirlari haqida qisqacha toʻxtalib oʻtdi.

Shundan soʻng, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Ulugʻbek Xudoyberganov yigʻilish kun tartibidagi masalaning oʻta muhimligi, mamlakatimizda inson oʻlimiga sabab boʻladigan yoʻl-transport hodisalarining koʻpayib borayotgani, bunga asosan transport boshqaruvchilar, shu bilan birga oddiy yoʻlovchilarning eʼtiborsizliklari sabab boʻlayotgani, aholi zich yashaydigan hududlardan oʻtuvchi avtomobil yoʻllari boʻyicha zarur yoʻl belgilari oʻrnatish masalasiga eʼtiborsizlik bilan qaralayotgani, juda koʻpchilik holatlarda avtotransport vositalari haydovchilari mavjud yoʻl belgilariga ahamiyat bermasliklari xususida hayotiy misollar orqali zarur  maʼlumotlar berdi.

Tuman hokimining oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi, Alisher Yoʻldoshev sodir etilayotgan yoʻl-transport hodisalarining oldini olishda jamoat tashkilotlari, mahalla va taʼlim muassasalarining oʻzaro hamkorligini taʼminlash muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi. Shu bilan birga tumanimiz  aholisi orasida mast holda avtotrasport boshqarish holatlari kuzatilayotgani, oqibatda yoʻl-trasport hodisalari yuz berayotgani, koʻpchilik haydovchilar yoʻl harakati qoidalarini yaxshi bilmasliklari, bilganlari esa bu belgilarga eʼtibor qilmasliklari tufayli baxtsiz hodisalar yuz berayotganini taʼkidladi.

Tuman Ichki ishlar boʻlimining yoʻl harakati xavfsizlik xizmati boʻlimi boshligʻi Dilshod Aminov bu kabi koʻngilsiz hodisalarning sodir boʻlmasligi uchun yoʻl harakati qoidabuzarliklariga nisbatan keskin choralar koʻrish, tumanimiz hududida huquqbuzarliklarning oldini olishga qarshi kurash choralaridan eng afzali bu masalada keng jamoatchilikning faolligini, yoʻlovchi madaniyatini oshirish ekanligi, ayniqsa, aholi zich yashaydigan hududlardagi yoʻl boʻylariga yangidan maxsus belgilar oʻrnatish zarurligini taʼkidladi.

Shuningdek, yigʻilishda Qipchoq ovuli faollari ham soʻzga chiqishib, oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi. Yigʻilish kunida muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026