19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 10:39
Jamiyat 👁 131

VOYaGA YeTMAGANLAR TOMONIDAN SODIR QILINGAN HUQUQBUZARLIK KOMISSIYa YIGʻILIShIDA MUHOKAMA QILINDI

VOYaGA YeTMAGANLAR TOMONIDAN SODIR QILINGAN HUQUQBUZARLIK KOMISSIYa YIGʻILIShIDA MUHOKAMA QILINDI

Ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar bolalarini taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha majburiyatlarini bajarishi, ularning huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻrishi lozim. Bu borada nafaqat ota-ona, balki taʼlim muassasasi, mahalla, yoshlar va jamoat tashkilotlari masʼulligini yanada kuchaytirish, kelajak avlodni odobli, bilimdon, oqil, maʼnaviyatli, yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi.
Tuman hokimligida Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha Amudaryo tumani idoralararo  Komissiyasining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman idoralararo komissiya raisining oʻrinbosari M.Shermetov, komissiya aʼzolari, IIB profilaktika inspektori va boshqa masʼullar ishtirok etdilar.
Yigʻilishda tuman IIB tomonidan yuborilgan, tumandagi ovullardan birida yashovchi voyaga yetmagan 2 nafar fuqaro tomonidan sodir qilingan huquqbuzarlik holatiga doir ish muhokama qilindi.  
Komissiya raisining oʻrinbosari M.Shermetov yigʻilish ishtirokchilarini kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi. Shundan soʻng, masʼullar tomonidan voyaga yetmagan ushbu fuqarolar yashash joylariga yaqin joyda, koʻcha tarafda oʻzaro janjallashgani, hodisada ota-onalar ham ishtirok etgani, sodir boʻlgan huquqbuzarlik oqibatida tomonlarga yengil tan jarohati yetkazilgani bayon qilindi. IIB tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga koʻra huquqbuzarlikni sodir qilgan voyaga yetmaganlar harakatida OʻzR MJtKning tegishli moddalarida koʻrsatilgan alomatlar mavjudligi, lekin maʼmuriy huquqbuzarlikka tortish yoshiga yetmaganligi sababli, ularning ota-onalarining xatti-harakatlarida OʻzR MJtKning 47-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan huquqbuzarlik  alomatlari mavjud deb topilganligi toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdi.
  Yigʻilishda ishtirok etayotgan voyaga yetmaganlarning ota-onalari soʻzga chiqib, bundan keyin oʻgʻillarining nazorati bilan qattiq shugʻullanishi va maktabdagi darslarga muntazam ravishda yuborishi, bemahal, beruxsat hech qayerga yubormasligini aytishdi.
Yigʻilish yakunida masʼullar yoshlarga taʼlim-tarbiya berishda, tartib-intizomini nazorat qilishda, beparvolikka yoʻl qoʻyilayotganligiga toʻxtalib, ushbu ota-onalar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganligini maʼlum qilishdi. Voyaga yetmagan farzandlariga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan, ularning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga yoʻl qoʻygan ota-onalar tegishli tartibda jazoga tortilishi lozim deb topildi. Shuningdek, ota-onalar va ularning farzandlari taʼlim olayotgan maktab, hudud fuqarolar yigʻini masʼullariga endilikda voyaga yetmaganlar tarbiyaga eʼtiborsiz boʻlmasliklari, oʻqishi, xulqi va tartib-intizomini muntazam nazorat qilib borishlari kerakligi tushuntirildi.

J.Xolmurodov, tuman hokimligi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha

idoralararo  Komissiyasi masʼul kotibi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026