19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 06:36
Jamiyat 👁 152

SAYYoR UChRAShUVLARDA SUD-HUQUQ TIZIM MASʼULLARI AYoLLAR VA YoShLARGA HUQUQIY YoRDAM KOʻRSATIShDI

SAYYoR UChRAShUVLARDA SUD-HUQUQ TIZIM MASʼULLARI AYoLLAR VA YoShLARGA HUQUQIY YoRDAM KOʻRSATIShDI

Yurtimizda xotin-qizlar va yoshlar – aholining katta qismini tashkil qiladi. Shu bois ijtimoiy muammolarning koʻpchiligi ular bilan bogʻliq. Ularni  ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, moddiy koʻmak berish maqsadida har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “yoshlar daftari” va “ayollar daftari” shakllantirildi. Ushbu daftarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor boʻlgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlar kiritildi. Buning natijasida ular bilan tizimli, manzilli ishlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar yoʻlga qoʻyildi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga manzilli huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha Amudaryo tumanida ham Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari, quyi sudlar, tuman hokimligi, boshqa idora va tashkilotlar hamkorligida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

23-yanvar kuni tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosida, Gulzor mahalla fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida, Choykoʻl ovulidagi 42-sonli maktabda, Qipchoq ovuli va Qipchoq shaharchasining maʼmuriy binosida “Ayollar daftari”ni yuritish orkali tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tadbir oʻtkazildi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jinoyat ishlari boʻyicha sudi raisi, maʼmuriy va fuqarolik ishlari boʻyicha sudyalar va sud xodimlari ishtirok etdilar. Masʼullar ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy jihatdan koʻmakka muhtoj xotin-qizlarning muammolarini hal etish choralarini oʻrganib chiqdilar.

Jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi raisi Gulnora Bozorboyeva, Maʼmuriy ishlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi sudyasi Poʻlat Doshmuradov, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi Qayrulla Atamuradov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi Sultonmurod Davletmurodovlar hamda tuman hokimligi, prokuratura, IIB, majburiy ijro byurosi, Adliya boʻlimi, “Madad” NNT va boshqa tashkilotlar xodimlaridan iborat masʼullari “Ayollar daftari”ga kiritilgan hamda sud-huquq sohasiga oid masalalar yuzasidan huquqiy yordamga muhtoj boʻlgan jami 79 nafar xotin-qizlar bilan sayyor uchrashuvlar hamda uyma-uy yurib oʻrganish tadbirlari oʻtkazishdi.

Sayyor uchrashuvlar davomida xotin-qizlardan qabul qilingan murojaatlarning 8 tasi sud-huquq masalalariga, 17 tasi majburiy ijro byurosiga, 20 tasi bandlik masalalariga, 7 tasi tibbiyot masalalariga, 2 tasi Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boʻlimiga, 4 tasi bank sohasiga, 7 tasi pensiya jamgʻarmasi masalasiga oid boʻlib, 14 tasi ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalarga oid boʻldi. Shundan, 75 ta murojaat ogʻzaki va 1 tasi yozma ravishda qabul qilindi.

Sud-huquq masalalariga oid jami 8 ta murojaatlar yuzasidan murojaat etuvchilarga amaliy yordam koʻrsatildi. Ayrimlariga “Madad” NNT tomonidan arizasi yozib berildi.  Murojaatlardan 1 tasining ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, 4 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berilib, ularni qonunda belgilangan tartibda hal qilishga qaratilgan mexanizmlar toʻgʻrisidagi takliflar bildirdilar.

Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, muammolarini bartaraf etishda yaqindan koʻmak berish maqsadida oʻtkazilgan sayyor uchrashuvlarda sud-huquq tizimi masʼullari tomonidan murojaatlari tinglanib, eʼtiborga olinganidan ayol-qizlar va yoshlar nihoyatda mamnun boʻldilar.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026