19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 06:36
Jamiyat 👁 207

ALIShER NAVOIY ASARLARIDA ONAGA HURMAT-GOʻZAL QADRIYaT

ALIShER NAVOIY ASARLARIDA ONAGA HURMAT-GOʻZAL QADRIYaT

Bir ummonki, adosi yoʻq xazinalarin…
Ha, bu hazrat Navoiy ijodiga berilgan taʼrif. Ushbu taʼrif nechogʻliq toʻgʻriligiga uning asarlarini har safar varaqlaganingizda amin boʻlasiz. Yaratganga va yorga muhabbat, rostlikning kuch-quvvati, sidq-u sadoqat, maʼrifat-u hidoyat xitobi millionlab qalblarni taʼlim-tarbiyaga chorlab turgan boʻlsa, adib asarlarida yana bir ahamiyatli , taʼlim-tarbiyada ibratli boʻlgan bir jihat borki, bu onaga hurmat masalasidir.
Ayolga hurmat va muhabbat, jamiyatdagi oʻrniga eʼtibor va talab kuchaygan bir davrda yashab, bu millatning ajdodlari ham onani eʼzozlagan va bu qadriyat asrlar osha avlodlarga oʻtib kelganligining yorqin misolini Navoiy asarlarida koʻramiz.
Mutafakkirning “Nasoim ul-muhabbat” asarida juda qisqa bir hikoyat bor. Unda Ismoil Dabbos Shayx Moʻmin Sheroziyga haj niyati borligini bildiradi. Shunda Shayx Moʻmin: “Onang bor, yonib onang mulozamatigʻa bor! Men ellik haj qildim, yalang bosh, yalang oyoq, zodu hamrohsiz. Barchasin savobin senga berdim, sen onang koʻnglin shodligʻin menga ber» deb javob beradi. Navoiy onaning roziligi darajasi islomning farz amallaridan biri – haj amali savobining darajasidan ham yuksakroq ekanligini taʼkidlab, bugungi kundagi «jannat onalar oyogʻi ostidadur” xitobiga tutash fikrlar taʼrifini keltiradi.
Ona rizoligi, ona mulozamatidan farzandlar ne-ne balo-qazolardan omon boʻlishi haqida «Saddi Iskandariy» dostonidagi Iskandar oʻlimi oldidan onasiga bitgan maktubida ham kuzatamiz:
Sanga aylabon xoki dargohlik,
Aning otin etsam erdi shohlik,
Rizong oʻlmasa koʻngluma gʻamzuday,
Bu darmondagʻa voyu, yuz qayta voy!
Iskandarning ona rizoligida ojizlik qilgani, aslida ona xizmatida boʻlish eng katta hukmdorlik ekanligini oʻqib , Navoiy nazdida onalarning nechogʻliq ulugʻligini koʻramiz. Biz har kuni farzandlarimizga uqtiradigan rostlik va toʻgʻrilik haqidagi gʻoyalarni ham Navoiy oʻz ijodida ulugʻlaydi:
Har kishikim, tuzluk erur peshasi,
Kajrav esa charx ne andishasi
misralari bilan boshlanuvchi «Hayrat ul-Abror» dostonining oʻninchi maqolotida oltmish otliq yoʻltoʻsar -zoʻrovonlar oldida Ummulxayr onaning oʻgʻlini «Nimang bor?» deb soʻroq qilganlarida bolakay: «Qirq oltinim bor», deb javob beradi. Zoʻravonlar titkilab, qirqta oltin tangani topib, hayratga tushadi va bolakayni yana soʻroqqa tutadi. Shunda bola: “onamga ahd berdim toʻgʻri soʻzlashga”, deb javob beradi. Zoʻravonlar: «sen onang haqiga xiyonat qila olmayapsan, biz tangri haqiga xiyonat aylab yuribmiz», deb nadomat chekadi, rostlik sharofati tufayli karvon Bagʻdod shahriga salomat yetib boradi. Bu bolakay hadis ilmining yetuk bilimdoni, oʻn uchta fanni mukammal bilgan Abdulqodir Jiliydir. Ushbu martabaga erishuvida u onasining rostlik taʼlimotini asos deb biladi.
Buyuk bobokolonimiz tavallud ayyomi arafasida adib asarlarini yana bir bor varaqlab, farzandlarimiz tarbiyasida dasturilamal boʻlgulik taʼlimotlarni hayotga tatbiq etsak, katta ijtimoiy-tarbiyaviy, maʼrifiy va estetik ahamiyatga ega satrlarni farzandlarimizga ham mutolaa qildirsak, yurtning egasi va ertasi boʻlgan farzandlarimiz kamida Shayx Abdulqodir kabi boʻlur edi.
Hayotda shunday insonlar borki, ularning diydori ham bir kaʼba kabi… Shunday qabrlar borki, tinchlik-osoyishtalik zamonida ham ziyorat qilgulik insonlari yoʻq. Shu oʻrinda Oʻzbekiston qahramoni Said Ahmadning: «haykalni insonlar tirikliklarida oʻz qoʻllari bilan qoʻyadi. Unga inson panjasigina muhr boʻladi”, degan jumlalarini eslab, Navoiy bobomiz har bir qalbga oʻz qoʻllari bilan haykal qoʻyganini eʼtirof etgim keldi. Muhammad Yusuf taʼriflaganidek:
Haqiqiy shoirning qabri boʻlmaydi,
 Yurakka koʻmilar asl shoirlar.

Munira Kamolova,
11-sonli maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026