16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:15
Fan va taʼlim 👁 2,799

KITOBGA MEHR

KITOBGA MEHR

Taniqli oʻzbek yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobida shunday yozadi: "Eʼtibor berganmisiz – yoʻqmi, bilmadim-u, Sizning sadoqatda tengi yoʻq doʻstingiz bor. Qachon xohlasangiz siz bilan hamsuhbat boʻladi. Bilmaganingizni oʻrgatadi. Adashsangiz toʻgʻri yoʻl koʻrsatadi. Yaqin kishilaringiz burilib ketganida ham u sizni tark etmaydi. Xizmati uchun hech nima taʼma qilmaydi. Yillab unutib tashlab qoʻysangiz, indamaydi. Tagʻin chorlasangiz, yetib kelib, xizmatingizni qilaveradi...”

... Bu doʻstning nomi – Kitob!

Haqiqatan ham kitob – bizning beminnat doʻstimizdir. Kitobga mehr bolalikdan boshlanadi. Bolaga har xil ertak, badiiy kitoblar mutolaa qilish katta foyda beradi. Ayniqsa sogʻlom bolaning kamol topishida badiiy kitoblarning oʻrni beqiyosdir.

Albatta, kitob mutolaasida kattalarning ham tashabbuskorligi zarur. Sababi, bola ota-onadan, aka-opadan oʻrnak olib ulgʻayadi. Shunday ekan, bolani kitobga mehr ruhida tarbiyalash lozim. Tan olishimiz kerakki, bugungi kunda bolasiga kitob olib berayotgan ota-onalar kam. Menimcha, ota-onalar bolasiga falon soʻmlik mobil telefonlar, turli xil boʻlmagʻur disklar oʻrniga insonni har tomonlama yetuk, maʼnan sogʻlom qilib tarbiyalaydigan, hayotda toʻgʻri yoʻl koʻrsatadigan kitoblarni olib berishsa, maqsadga muvofiq boʻlur edi. Sababi, kitob insonga maʼnaviy ozuqa beruvchi, uning ongini, dunyoqarashini oʻstiruvchi samarali vositadir. Men dugonalarimga ham kitob mutolaasini tavsiya qilgan boʻlardim.

Bizning kollejimizda rus tili va adabiyoti fanidan dars beruvchi sevimli oʻqituvchimiz Nigora opa Saʼdullayevaning biz oʻquvchi yoshlarning kitobga mehr qoʻyib ulgʻayishimizda hissalari katta. Adabiyotdan oʻtayotgan har bir mavzuni va har bir badiiy asarni shu qadar ongimizga singdira biladilarki, biz ham bevosita xuddi mana shu asar qatnashchisiga aylanib qolamiz.

Biz shogirdlarning maʼnan sogʻlom, barkamol insonlar boʻlib kamol topishimizda muhim ahamiyat kasb etuvchi mana shunday – kitobni ulugʻlaydigan chinakam kitobsevar oʻqituvchimiz omon boʻlsin!

Kitoblar haqida soʻz ketar ekan, bir qizcha esimga tushadi.U tumanimizdagi 55-sonli umumtaʼlim maktabining 7-sinf oʻquvchisi Barchinoy Qozoqboyevadir. Yosh boʻlishiga qaramasdan, koʻplab jahon adabiyoti va oʻzbek adabiyoti namoyandalarining asarlarini mutolaa qilgan va qilmoqda. Badiiy kitoblar olamiga bogʻlanib qolgan bu qizcha maktabda ham aʼlo baholarga oʻqiydi. Unga ayniqsa, Oʻ.Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar”, Shukrulloning "Kafansiz koʻmilganlar” kabi asarlari yoqadi. Hozirda u Mark Tvenning "Ovsar Vilson” asarini mutolaa qilmoqda.

Oramizda Barchinoyga oʻxshagan yosh kitobxonlar judayam koʻp. Bu - quvonarli. Chunki, kitob - beminnat tarbiyachidir.

Aziza MADRAHIMOVA,

Mangʻit iqtisodiyot kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019