20.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
20.10.2026, 11:37
Maqolalar 👁 367

AFTI QIYShIQLAR OYNADAN OʻPKALAMASIN!

AFTI QIYShIQLAR OYNADAN OʻPKALAMASIN!

Nukusda, universitetda tahsil olaman. Vaqtinchalik boshpanam – kvartira oʻquv binosidan uzoq emas. Yigitlar yotoqxonasidan, asosan, viloyatlik talabalarga joy berishadi. Bizga qolgani shu – kvartira. Boshpanam yigʻlagudek emas-u, ammo koʻz yumadigan joylari ham topiladi. Sobiq ittifoq davrida oʻzimizning ishchi bobolarimiz qurgan turar-joy binolarining yoshi hozir nechada ekanligini ham bilib boʻlmaydi. Har holda navbat bizga yetguncha oz xizmat qilmagan. Bir-ikki yilga buzilarmish, degan gaplar ham quloqqa chalinib turadi. Xullas, qanday boʻlmasin odam yashasa, oʻlmaydigan joylar. Ammo bizning nigohimiz bu yerlardan biroz uzoq. Buxoroning ayrim tumanlaridagi boʻrondan keyingi holat, Sardobadagi talofatlar haqida gurunglashamiz.

Shu oʻrinda negadir birovni eslagim keldi. Ismini bilmaganingiz maʼqul. Bir kursdoshim gap orasida tez-tez takrorlab qoʻyardi: yashasin, yashasin qon-qonimizga singib ketgan korruptsiya, urrra yashasin! Eʼtibor bilan qarasam, koʻzida nam koʻrindi. Soʻrab bilsam, kimdir poraxoʻrlik jinoyati bilan voqea joyida ushlanganligi xaqidagi xabarni oʻqigan ekan.

Keling mavzuga qaytsak. Hech qayerda oʻqimagan, oʻzi mustaqil ish oʻrgangan oddiy paxsakash, devor tiklovchi, suvoqchi ustalar ham ishiga kafolat beradi. Mening eshitganim bor, ular biror binoni bitkazib egasiga topshirishdan oldin hazil aralash “hech boʻlmaganda, naryoqqa ketgunimcha uying seni bosib qolmaydi, qoʻrqmagin” deyishadi.

Buxoroda qurilishi yaqin yillarda tugallangan bogʻchalarning, maktablarning yarmi butunlay yaroqsiz holga kelgan boʻlsa, ishonasizmi? Yaqin yillarda foydalanishga topshirilgan suv omborining qaysidir dambasi yorilib, bir necha tumanlar suv ostida qolganligiga ishonasizmi? Ishonasiz. Xalq shuncha mehnatlariga kuysinmi, peshona terimiz bilan topilgan million-million pullariga kuysinmi, bugungi koʻrayotgan kuniga kuysinmi? Xalq bariga kuyadi. Kuyib-kuyib yashashdan boʻlak nimani bilsin?

Har zamon telekanallardan koʻrib guvohi boʻlamiz. Hali toʻlaligicha toʻlovlari toʻlab boʻlinmagan, nomi sifatidan uzoq namunaviy joylarda yashayotgan yurtdoshlarimizning aytayotgan dardlari har kimni ham oʻyga toldiradi. Bir qarasang xonalarning paxsasi yorilgan, bir qarasang yuqoridan tomayotgan suvni tutib turish uchun paqir izlab topolmaysan, bir qarasang koʻlmakka aylangan yertoʻlalar... qolganini siz davom ettiring.

Keling, yana bir tanishimning gaplarini eslaymiz: (U ham qurilish sohasida ishlaydi) “joʻra, men koʻp narsani bilaman. Qaysi uyning qayerida xatosi bor, bir qarashda sezaman. Axir oʻzim ham ishlaganman. Lekin jimman. Indamayman. Ish kerakmi, kerak. Oylik kerakmi, kerak”.

Shu desangiz, endi yoshlari ulugʻ enamning gaplarini aytib oʻtmasam boʻlmaydi. Demak, soʻz navbati enamga: Allohdan qoʻrqmagan odam yaxshi boʻlarmidi, atrofidagilardan uyalmaganning yuzi kuysin.

Gapim avvalida boshpanam yaqinda buzilishi haqida aytib oʻtgandim. Balki, gʻishtlari hali bus-butun turgandir. Yana bilmadim. Koʻz-quloq boʻlib yursangiz koʻrarsiz. Nimagadir yarab qolar, deyman-da.

Toʻgʻrisini aytsam, boshim ogʻrib ketdi. Qoʻl oʻlgur charcha-di. Davomini keyin gurunglashamiz. Koʻrishguncha xayr.

Telba Telbaboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026