19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 07:47
Jamiyat 👁 168

“SEKTOR RAHBARLARI VA YoShLAR” UChRAShUVI TAShKIL ETILDI

“SEKTOR RAHBARLARI VA YoShLAR” UChRAShUVI TAShKIL ETILDI

Amudaryo tumanining Olmazor mahallasidagi 82-sonli umumtaʼlim maktabida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev rahbarligida Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudayberganov, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seitov, tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, tumandagi idora va tashkilot rahbarlari hamda faol yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda oʻtkazilgan uchrashuvda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida tumanimiz yoshlari bandligini taʼminlash, muammolarini oʻrganish fikr va takliflarini tinglash, ularni qoʻllab-quvvatlash, munosib shart-sharoitlar yaratish boʻyicha oshkora va samimiy muloqot muhiti yaratildi.

Yigʻilishni tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sultonboy Yoʻldashev  ochdi va oʻz nutqida mamlakatimizda yoshlarning yuksak marralarni egallashlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, cheksiz imkoniyatlar haqida toʻxtalib, yoshlarni oʻqib, bilim olishga, shijoat bilan olgʻa intilishga hamda Vatan xizmatiga yaraydigan munosib farzand boʻlishga davʼat qildi. Har bir yoshni “Erishgan yutuqlarimiz oʻzimizniki, biz xato va kamchiliklarni oʻrganib, ularni bartaraf qilishga harakat qilmogʻimiz kerak!” – degan ezgu  fikr bilan yashashga chaqirdi. Shuningdek, bilimga chanqoq, izlanuvchan tumanimiz yoshlari haqida oʻzining samimiy fikr-mulohazlarini bildirdi.

Shundan soʻng, tuman Davlat soliq inspetsiyasi boshligʻi Aydos Seitov hozirgi kunda tumanimizda yoshlar, maktab, kollej va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bilishi lozim boʻlgan soliq turlari xususida, shuningdek, ishlab chiqarish va  xizmat koʻrsatish sohasida yosh tadbirkorlar safini oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi.

Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov tumanimiz yoshlari, maktab, kollej va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari oʻrtasida amalga oshirilayotgan jinoyatchilikka qarshi kurashish chora-tadbirlari, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tashkil qilinayotgan uchrashuvlarning ahamiyati, yoshlarning  boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan tadbirlarning samarasi haqida hayotiy misollar orqali toʻxtalib oʻtdi.

Shundan soʻng, sektor rahbarlari yigʻilish ishtirokchilari yoshlarning muammolari va takliflarini tingladilar. Oshkora muloqot va samimiyat rahida oʻtgan uchrashuvda Bobur nomli ovul fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqarolar Berkbay Begjanov, Ozoda Indirova, Maftuna Yangiboyeva, Surayyo Toʻliboyeva, Malohat Davletboyevalarning oʻz mutaxassisliklari boʻyicha ishga joylashish toʻgʻrisidagi murojaatlari, Toʻlqin ovul fuqarolar yigʻinida yashovchi Akbar Boltaboyev, Jaxongir Boltaboyev, Nigora Bekchanovalarning  oʻz taʼdbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida imtiyozli kredit olishda amaliy yordam berishni soʻrab qilgan murojaatlari, Beshtom mahallasida yashovchi fuqaro Safiya Nazarimbetovaning tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida tikuv mashinasi olishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati tinglandi.

Bundan tashqari, Oq oltin ovulida yashovchi Akbar Rajapov subsidiya asosida isiqxona qurib berishda, Boʻz yop ovulida yashovchi fuqaro Valibek Aminov ovul hududiga zamonaviy sport maydonchasini tashkil qilishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatlari, Chordara mahallasida yashovchi fuqaro Dinora Kamolovaning tuman madaniyat markazida cholgʻu asboblarini koʻpaytirish hamda shuning evaziga toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil qilish boʻyicha taklifi ham masʼullar tomonidan tinglanib, roʻyxatga olindi.

Uchrashuvi kun tartibida koʻrilgan yuqoridagi masalalarni belgilangan muddatda va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026